Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan barcha kelishuvlarni amaliy amalga oshirishning borishini ko‘rib chiqdilar.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, transport infratuzilmasi va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, saudiyalik investorlarga mamlakatimizda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni taqdim etishga tayyorligini ham tasdiqladi.