Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Venera sayyorasini tadqiq etish bo‘yicha birinchi missiyasini uchiradi
Shukrayaan-1 nomini olgan missiya 2028 yilning 29 mart kuni start olishi kutilmoqda.

Foto: NASA
Hindiston kosmik tadqiqot tashkiloti (ISRO) Venera sayyorasini o‘rganishga oid rejalarini e’lon qildi, deb xabar beradi India Today.
Shukrayaan-1 nomini olgan missiya 2028 yilning 29 mart kuni start oladi.
Kosmik apparatga Veneragacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish uchun 112 kun kerak bo‘ladi. Uni uchirish uchun kuchli ISRO LVM-2 tashuvchi raketasidan foydalaniladi. Rejalarga ko‘ra, orbital apparat belgilangan joyga 2028 yilning 19 iyulida yetib boradi.
Hindiston hukumati ushbu ulkan kosmik missiyani amalga oshirishga 150 million dollarga yaqin mablag‘ ajratishga oid budjetni tasdiqladi. Hozirda Hindiston Oy va Mars bo‘yicha tadqiqot tajribasiga ega.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yozida Hindiston Oyga kosmik kemasini muvaffaqiyatli uchirgan edi. Hindiston kosmik dasturi 1960 yillardan beri mavjud. Dastlab koinotga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishga e’tibor qaratildi. Mamlakat endi o‘z oldiga yanada ulkan maqsadlarni qo‘ymoqda.
Avvalroq Xitoy 2028 yilga borib Marsdan Yerga namunalarni olib kelish bo‘yicha tarixiy urinishni amalga oshirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. «Tyanven-3» missiyasining asosiy vazifasi Marsda hayot izlarini qidirishdan iborat. Bundan tashqari missiya sayyora yuzasiga qo‘nish va undan ko‘tarilishda ilg‘or texnik imkoniyatlarini namoyon etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025