Bojxona postida O‘zbekistonga olib kirilayotgan pnevmatik qurollar va 2,7 ming dona o‘qlar to‘xtatib qolindi
Fuqaro 3 kg ov miltig‘i kapsulalarini avtomobilning old o‘rindig‘i orasiga yashirgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Qoraqalpog‘istonda joylashgan “Dovut-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy olib o‘tilayotgan pnevmatik qurollar va o‘qlar fosh etilgan. Bu haqda respublika bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiyadan kirib kelgan kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yo‘lovchi tomonidan 4,5 mm pnevmatik to‘pponcha, tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona gazballon, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklaridan 1 dona gazballonli to‘pponcha, 11 dona gazballon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlar borligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, transport vositasining oldi tomonidagi o‘rindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025