G‘ijduvonda O‘zLiDeP vakillari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Jamiyat 14:18 / 30.09.2024 1790

Aktam Xaitov partiyaning saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Saylovoldi dasturidagi birinchi maqsad – barqaror iqtisodiy o‘sish orqali har bir inson, oila va jamiyat farovonligiga erishish yuzasidan rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

O‘zLiDeP o‘z dasturida yalpi ichki mahsulot hajmini 2030 yilga borib 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollarga yetkazish taklifini ilgari surdi. Partiya kelgusi besh yilda mamlakat tadbirkorlari sonini 3 million nafardan oshirish, barqaror ish joylarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, qulay biznes muhitini shakllantirishni maqsad qilmoqda.

Uchrashuvda, navbatdagi besh yillik yakunida kambag‘allik ko‘lamini ikki karra kamaytirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilishning "mahallabay" dasturlarini ishlab chiqish partiyaning ustuvor vazifalari sifatida ta’kidlandi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni har yili 30 foizga oshirish, ijtimoiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ish bilan ta’minlash borasida tadbirkorlarga imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: