G‘ulomjon Samadov «Nurafshon» telekanali direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston 00:39 / 29.09.2024 4898

G‘ulomjon Samadov «Nurafshon» telekanali direktori etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar G‘ulomjon Samadov 2020 yildan beri Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan edi.

G‘ulomjon Samadov turli yillarda MTRK tizimidagi telekanallarda, jumladan, Xalqaro press-klub sharhlovchisi sifatida ishlagan. 

Telekanalning sobiq rahbari Olimjon Begaliyev «Nurafshon» telekanalining rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: