Moskvada 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun sudlanmoqda

Jahon 12:15 / 28.09.2024 2160

Moskva shahar sudi 27 sentabr, juma kuni Ukraina tomonidagi qurolli mojaroda yollanma askar sifatida qatnashganlikda ayblangan 72 yoshli amerikalik pensionerning ishi bo‘yicha eshituvlarni boshladi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV. Sud prokurorning ayblanuvchini «odil sudlovdan qochish yoki jinoyat ishini yuritishga to‘sqinlik qilish»ning oldini olish maqsadida olti oy muddatga, 2025 yil 26 martga qadar hibsda saqlash to‘g‘risidagi iltimosini qanoatlantirdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikaning Michigan shtatida yashagan Stefan (yoki Stiven) Xabbard sudlanmoqda. U 2014 yilda Ukrainaga ko‘chib o‘tgan va keyinchalik uni tark etgan ayol bilan yashagan.

Yetti yildan 15 yilgacha

Xabbard harbiy politsiya tomonidan sudga keltirildi. Navbatdagi yig‘ilish 3 oktyabrga belgilangan. Yollanmachilik to‘g‘risidagi moddaga ko‘ra, Xabbard 7 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. AQShning Moskvadagi elchixonasi nima bo‘layotganidan xabardor ekanini aytdi, biroq shaxsiy daxlsizlik bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra izoh berishdan bosh tortdi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari YouTubeʼda 2022 yilning may oyidagi videoga tayanib, o‘zini Stiven Jyeyms Xabbard deb atagan shaxs 2014 yildan beri Ukrainaning Xarkiv oblastidagi Izyum shahrida yashayotganini va Rossiya okkupatsiyasi haqida gapirganini bildirdi. Uning ko‘rinishi yomon holatda.

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi urush boshida Izyumni egallab oldi, ammo 2022 yil sentabr oyida Ukraina shaharni o‘z nazoratiga qaytardi.

Ko‘proq yangiliklar: