Qashqadaryoda Afg‘oniston fuqarosining pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 14:54 / 26.09.2024 3295

Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxs Afg‘oniston fuqarosining katta miqdordagi pullarini o‘zlashtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi E.N. Afg‘oniston fuqarosi H.G‘.ga 2021 yilda tojik kovragi smolasini yetkazib berishni va’da qilgan.

So‘ng ishonchiga kirib, undan 53,5 ming dollar pullarni olgan. Biroq tojik kovragi smolasini yetkazib bermagan, pullarni ham qaytarmagan.

Prokuratura organlari tomonidan H.G‘.ning murojaati o‘rganilib, natijasiga ko‘ra E.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, dastlabki tergov davomida, E.N.dan Afg‘oniston fuqarosi H.G‘.ga yetkazilgan zarar hisobidan 500 mln so‘mga yaqin pul undirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: