Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 74,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 foizga oshgan.
2024 yilning 8 oyi mobaynida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Tojikiston — 57 380 nafar;
- Qozog‘iston — 8 542 nafar;
- Qirg‘iziston — 6 704 nafar;
- Rossiya — 1 299 nafar;
- Turkmaniston — 672 nafar;
- Turkiya — 27 nafar;
- Afg‘oniston — 20 nafar;
- boshqa davlatlar — 84 nafar.