O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Slovakiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Yuray Blanar bilan uchrashdi.
"O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni Slovakiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Yuray Blanar janoblari bilan imzolaganimizdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Qayd etilishicha, ishbilarmonlik aloqalari, savdo-sotiqni rivojlantirish va qo‘shma loyihalar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda yanada sezilarli natijalar beradi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global hamkorlikning qator masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993 yil 1 yanvarda o‘rnatilgan.