Toshkentdan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi
Mashinani olib qochgan 34 yoshli shaxs Toshkent shahar, Mirobod tumani IIO FMB xodimlariga topshirilgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahridan olib qochilgan Equinox mashinasi Qamchiq dovonida YPX xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 2024 yil 25 sentabr kuni fuqaro G‘.O. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Equinox mashinasi qoldirilgan joyida yo‘qligi yuzasidan "102" tizimiga xabar bergan.
Kelib tushgan xabar bo‘yicha IIV JXD YHXX Navbatchilik qismi tomonidan "To‘sib ushlash" rejasi e’lon qilingan.
IIV JXD YHXX Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Equinox va uni olib qochgan shaxs, 34 yoshli Z.M. Namangan YPX maskanida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi hamda uni olib qochgan shaxs va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar, Mirobod tumani IIO FMB xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

18:19 / 13.01.2025
Pop tumani hokimining o‘g‘irlik qilgan o‘g‘lini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” deb topildi

19:19 / 01.01.2025