O‘zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda Kuba tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya bilan uchrashdi.

Foto: TIV
"O‘zbekiston va Kuba o‘rtasidagi masofalar olis bo‘lishiga qaramay uzoq muddatli do‘stlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langan, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari".
Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya bilan birgalikda O‘zbekiston–Kuba hamkorligini ikki va ko‘p tomonlama darajada boyitishning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, biotexnologiya, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirish e’tibor markazida bo‘ldi.
Mavzuga oid

21:34 / 21.02.2025
Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi

21:14 / 19.02.2025
Estoniya va Gurjistonning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi

11:45 / 14.01.2025