Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport oqibatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus texnik shikastlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 24 sentabr kuni soat 10:10 larda, “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi King Long rusumli (131-sonli yo‘nalish) avtobus, Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda Cobalt, Tracker mashinalari bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi Cobalt haydovchisi aybi bilan sodir etilgan bo‘lib, oqibatda Tracker haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan.
Hodisada Cobalt, Tracker va avtobus texnik shikastlangan. Hozirda barcha jabrlanuvchilarning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.