Toshkent viloyatida 9 kishining nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirgan MChJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 18:38 / 24.09.2024 2798

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida 9 nafar fuqaroning nomiga imtiyozli kredit olib o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan sudlangan) 5 ta MChJ rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zining nomiga “N.I.” MChJni tashkil qilgani, so‘ng hududiy bank filialidan 9 nafar fuqaroning nomiga 357,1 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, pullarni yuqoridagi MChJlar orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: