Ukraina Oliy radasi 19 sentabr kuni mamlakatdagi 327 aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uni qabul qilish uchun 281 deputat ovoz berdi. Hujjatga ko‘ra, nomlarida «rus va sovet narrativlari» mavjud yoki «ruscha nomlar» bo‘lgan aholi punktlari yangi yoki eski, tarixiy nomlarini oladi.
Bu, masalan, sovet bayramlari yoki ramzlari bilan atalgan shaharlarga ta’sir qiladi: Birinchi May, Pershotravenka, Pervomaysk, Pervomayskoye, Pershotravnevoye, Pershotravensk, Mayevka va boshqalar. Boshqalar qatorida, rada deputati Roman Lozinskiy Facebook ijtimoiy tarmog‘ida xabar berganidek, yangilik Rossiya bilan chegaradosh Vatutino, Novomoskovsk, Pervomayskiy, Krasnograd, Drujba kabi hududlardagi aholi punktlariga ham ta’sir qiladi.
Shunday qilib, Dnepropetrovsk oblastidagi Novomoskovsk shahri Samar, o‘sha mintaqadagi Pershotravensk shahri — Shaxterskoye deb nomlanadi. Luhansk oblastidagi Molodogvardeysk shahriga Atamanovka, Xarkiv oblastidagi Pervomaysk — Zlatopol, Luhansk oblastidagi Pervomaysk — Tsokologorsk, Lviv oblastidagi Chervonogradga Sheptitskiy nomi beriladi.
Roman Lozinskiy ta’kidlaganidek, «dekolonizatsiya to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, ushbu nomlarni o‘zgartirish to‘plami «birinchi, ammo oxirgi emas», ularning nomlari davlat tili standartlarga muvofiqlashtirilishi kerak», — deyiladi deputat postida. Lozinskiyning aniqlik kiritishicha, rada oktyabr oyida yana bir qancha nomlarni o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqchi.