Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi qator hududlarda davlat xaridlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlarini aniqladi.
2024 yil davomida o‘tkazilgan jami 4,4 mlrd so‘mlik tanlov savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan:
- Sog‘liqni saqlash boshqarmasi — 3,5 mlrd so‘mlik 2 ta;
- Madaniyat boshqarmasi — 490 mln so‘mga yaqin 3 ta;
- Yoshlar ishlari boshqarmasi — 250 mln so‘mlik 1 ta.
Toshkent shahri
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi buyurtmachiligida 3 ta 2,1 mlrd so‘mdan ortiq hamda Yashnobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 1,3 mlrd so‘mga yaqin 3 ta tender savdolarida qonun buzilishlari aniqlandi.
Andijon viloyati
Andijon shahri maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligidagi boshlang‘ich narxi 200 mln so‘mga yaqin va Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasining 900 mln so‘mga yaqin eng yaxshi taklif savdolari bekor qilingan. Shuningdek, Kardiologiya dispanseri tomonidan 170 mln so‘mlik tender savdosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Jizzax viloyati
Iyul-avgust oylarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy sohadagi o‘tkazilgan jami 850 mln so‘mga yaqin tanlov savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Jumladan:
- Keksalar, urush va mehnat faxriylari uchun Jizzax sanatoriysida 49,9 mln so‘mlik;
- Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasida 360,8 mln so‘mlik;
- RID va KIATMning Jizzax viloyat hududiy filialida 210,0 mln so‘mlik;
- Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasida 20 mln so‘mlik;
- Zafarobod tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 200,0 mln so‘mlik.
- Samarqand viloyati
- Oqdaryo tumani madaniyat bo‘limi buyurtmachiligida 310 mln so‘mlik hamda Kattaqo‘rg‘on shahri drama teatri tomonidan 40 mln so‘mga yaqin tender savdolarida qonun buzilishi holatlari ma’lum bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 107 mln so‘mga yaqin tanlov savdosida tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Namangan viloyati
Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan 31 ta boshlang‘ich narxi 610 mln so‘mdan ortiq davlat xaridlarida savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi buyurtmachiligida 162 mln so‘mlik tender savdosida «Raqobat to‘g‘risida»gi va «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunlar talablari buzilgan.
Toshkent viloyati
Oqqo‘rg‘on tibbiyot bo‘limi tomonidan qariyb 133 mln so‘mlik tanlov savdosida xarid ishtirokchilari takliflarini baholashning aniq tartibi va tamoyillari belgilanmagan va shu sababdan xarid komissiyasi tomonidan baholash ixtiyoriy ravishda, yagona yondashuvsiz, ballarni taqsimlash orqali amalga oshirilgan.
Navoiy viloyati
Navoiy shahri maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 2023 yildagi 10 ta 660 mln so‘mlik hamda 2024 yildagi 460 mln so‘mga yaqin davlat xaridlarida tanlov hujjati va yig‘ilish bayonidagi mezonlar bir-biriga nomuvofiq holda ishlab chiqilgani va ishtirokchilar uchun raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablar kiritilgani aniqlandi.
Xorazm viloyati
Hududiy boshqarma davlat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni va yozishmalarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq arizalarining qanoatlantirilishini o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
Unda aniqlanishicha, Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi barcha davolash profilaktika muassasalari rahbarlariga Texnopark MChJdan maishiy va sanoat elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilish hamda Renessans Islohotlari MChJning targ‘ibot materiallarini xarid qilishni tavsiya etgani.
Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi barcha bo‘limlariga Intellekt Xorazm MChJning baholash xizmatlaridan foydalanish va 2024 yil uchun «Ilk qadam» jurnaliga va bir qancha gazeta-jurnallariga obuna bo‘lish, bundan tashqari, ikkita tadbirkorlik sub’yektini targ‘ib qilishni taklif qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganishda metrologiya tekshirishidan o‘tkazilmagan jihozlardan ko‘rsatilgan xizmatlari uchun iste’molchilardan olingan mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan. Natijada portativ EKG uchun apreldan avgust oyigacha bo‘lgan muddat oralig‘ida 192 nafar iste’molchidan 3 631 000 so‘m olingani aniqlangan. Pullarni iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Ushbu holatlar yuzasidan tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi yoki taqdimnomalar kiritildi. Bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi, ayrim mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.