Mamlakat elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hujjatni Pokiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Sher Ali Mehsud imzoladi.
Tadbirda Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Ishaq Dar, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk, O‘zbekiston elchisi Oybek Usmonov, Pokiston va Rossiya delegatsiyalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Bugungi kunga qadar mazkur hujjat O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari tomonidan imzolangan. Tez orada Afg‘oniston va Belarus tomonlarining ham ushbu memorandumga qo‘shilishi kutilmoqda.
"O‘zbekiston prezidentining mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusi XXI asrdagi yirik strategik va muhim geoiqtisodiy loyiha bo‘lib, Markaziy Osiyo, MDH, Sharqiy Yevropa va Janubiy Osiyo mamlakatlari ishtirokida yagona makonni yaratishga xizmat qiladi. Bu tashabbus nafaqat savdo-iqtisodiy va transport-logistika munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqadi, balki inson kapitali erkin harakatlanishi, ilm-fan yutuqlari, innovatsion-texnologik yangiliklar transferida ham keng imkoniyatlar yaratadi", - dedi Pokiston TIV rahbari.