Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Toshkentda O‘zbekiston va Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari rahbarlari o‘rtasida navbatdagi konsullik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat konsullik xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Tomonlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, kun tartibi doirasida migratsiya, adliya, statistik axborotlar va fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zaro o‘tkazish, qonunchilik bazasini yanada kengaytirish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar vakolatli organlari o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan turli masalalar bo‘yicha hamkorlik doirasida bevosita o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

17:22 / 16.02.2025