Sumi Rossiya bilan chegaradan 30 kilometr masofada joylashgan. Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning bu shahriga muntazam zarbalar berib keladi, Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida amaliyot boshlagach, Sumi o‘qqa tutilishi sezilarli darajada kuchaydi. 19 sentabr kuni shahar yana bir bor Rossiya qo‘shini zarbalari ostida qoldi, shahardagi keksalar yashovchi pansionat ustiga aviabomba tashlangan. Bu yerda 300 kishi bo‘lgan, jumladan 220 dan ortiq yashovchilar. Pansionatda yashovchi ayol halok bo‘lgan, 13 kishi yaralangan. Quyida RF qo‘shini Sumiga yo‘llagan aviazarbalardan navbatdagisining oqibatlari aks etgan fotosuratlar.
Kun Yangiliklari
KNAUF GIPS BUXORO zavodida quyosh elektr stansiyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi
14:49 / 22.11.2024
13067
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25692
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34553