Toshkentda issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi

O‘zbekiston 19:02 / 19.09.2024 6896

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi.

12 sentabr kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, narxlar 15 foizga oshiriladi. Jumladan, aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi chakana tarifi 121 617 so‘m/Gkal bo‘ladi.

Shuningdek, yuridik shaxslar uchun tarif ham 15 foizga oshadi — 1 Gkal uchun 244 497 so‘mga.

Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi ma’lum qilinmagan.

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari narxlari aholi uchun so‘nggi marta shu yil aprel oyida, yuridik shaxslar uchun 2023 yil oxirida oshirilgan edi.

Issiqlik ta’minoti xizmatlari Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan ko‘rsatiladi. Shahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini to‘laydi, qolgani shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

Ko‘proq yangiliklar: