Ikkilamchi uy-joy narxlari biroz ko‘tarildi

Iqtisodiyot 07:40 / 19.09.2024 5186

O‘zbekistonda 2024 yil avgust oyida ko‘chmas mulk bozori faoliyatida biroz pasayish kuzatildi. 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, avgust oyida 22,2 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga olingan, bu iyul oyiga nisbatan 3,5 foizga kam bo‘lib, savdolar soni 23 mingtani tashkil etgan.

Hududlar kesimida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning eng katta pasayishi Sirdaryo (22,6 foiz) va Xorazm viloyatlarida (13,2 foiz), shuningdek Toshkent shahrida (9,7 foiz) qayd etildi.

Avgust oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi bozor uy-joy narxlari o‘rtacha 0,7 foiz, yillik hisobda esa (o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan) 9,7 foizga oshdi.

Hududlar kesimida ikkilamchi bozor uy-joy narxlari sezilarli darajada Xorazm (21,4 foiz), Surxondaryo (14,6 foiz), Buxoro (13,4 foiz) va Qashqadaryo (13,3 foiz) viloyatlarida ko‘tarilgan.

Toshkent shahri ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar o‘tgan ikki oydagiga nisbatan pasayishidan so‘ng avgustda barqarorlashdi: uy-joy narxi 0,2 foizga ko‘tarilib, bir metr kvadrat uchun 1128 dollarni tashkil etdi.

Poytaxtning aksariyat tumanlarida ikkilamchi uy-joylar narxi o‘zgarishsiz qoldi, faqat Mirobod va Olmazor tumanlarida narxlar mos ravishda 1,7 foiz va 1,3 foizga qimmatlashdi.

Toshkentning yana uchta tumanida narxlar biroz pasaydi — Shayxontohurda - 1,1 foiz, Sergelida – 0,9 foiz va Chilonzorda – 0,6 foiz. Yillik hisobda Toshkentda ikkilamchi uy-joylar narxining o‘sishi 4,2 foizni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: