Eronlik xakerlar Bayden shtabiga Tramp haqida ma’lumotlar yuborgani ma’lum bo‘ldi
Kiberjinoyatchilar AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning ichki saylovoldi materiallarini o‘g‘irlab, Baydenning saylovoldi kampaniyasiga bog‘liq shaxslarga yuborgan.

Foto: Reuters
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning ichki saylovoldi materiallarini o‘g‘irlagan eronlik kiberjinoyatchilar ushbu hujjatlar parchalarini elektron maktub tarzidagi amaldagi prezident Jo Baydenning saylovoldi kampaniyasiga bog‘liq shaxslarga yuborgan. Bu haqda Amerika maxsus xizmatlari ma’lum qildi.
Federal qidiruv byurosi (FQB), AQSh Milliy razvedkasi boshqarmasi hamda Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi bo‘yicha agentlik qo‘shma bayonotida elektron maktublarni qabul qilganlar hakerlarga biror javob qaytargan-qaytarmagani noma’lum ekani aytiladi. Bundan tashqari, iyun oyidan beri eronlik hakerlar Tramp kampaniyasiga bog‘liq o‘g‘irlangan ichki materiallarni Amerika OAVga ham yuborishga uringan.
Shuningdek, bayonotda ta’kidlanishicha, AQShda noyabr oyida o‘tkaziladigan saylovlar yaqinlashayotgani bois Rossiya, Eron va Xitoy ularga ta’sir ko‘rsatish harakatlarini kuchaytirmoqda. Maxsus xizmatlarga ko‘ra, ular «o‘z manfaatlari uchun Amerika jamiyati orasida bo‘linishni kuchaytirmoqda va saylovlarni zaiflik davri sifatida ko‘rmoqda».
«Mazkur yoki boshqa xorijiy sub’yektlarning demokratik institutlarimizni buzishga urinishi AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid bo‘lib, bunga yo‘l qo‘yilmaydi», — deya ogohlantiradi maxsus xizmatlar.
Google ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida Qo‘shma Shtatlar va Isroilga barcha APT42 hujumlarining qariyb 60 foizi to‘g‘ri kelgan. Kompaniya eronlik hakerlar faoliyatini AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari bilan bog‘laydi. Shunday qilib, yaqinda sodir bo‘lgan hujumlar bo‘lajak saylovlarda demokratik nomzod bo‘lgan vitse-prezident Kamala Harrisning aloqalariga ham ta’sir qilgan. Bundan tashqari, iyun oyida hakerlar Tramp saylovoldi shtabining ichki hujjatlariga kirish huquqiga ega bo‘lishgan.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01