«Bu ish bermaydi» - Olaf Shols Ukrainada tinchlikka erishish yo‘llari haqida bayonot berdi

Jahon 13:29 / 19.09.2024 8676

Ukrainada tinchlikka erishish uchun barcha yo‘llarni qarab chiqish kerak. Ayni paytda Rossiya agressiya darajasini pasaytirishga xohish yoki bu ishga tayyorligini namoyish etmayapti, deya Sholsning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda n-tv.

Siyosatchining qayd etishicha, Germaniya huquqlarga zid agressiv hujumga duchor bo‘lgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Aynan shuning uchun o‘z hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qila olishi sababli Ukrainaga yordam ko‘rsatilishi kerak.

«Bir vaqtning o‘zida tinch rivojlanishni ochish imkoniyatlarini o‘rganish ham muhim bo‘lib qolaveradi», — degan siyosatchi.

Olaf Shols Shveytsariyada o‘tgan Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha birinchi sammitni ham esga olgan. Sammit Rossiya ishtirokidagi yangi uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha umumiy to‘xtam bilan yakun topgan edi.

«Hozir nimalar bo‘layotganiga qarab ko‘rish uchun fursat yetdi. Men uchun shunisi tushunarliki, bu ish bermayapti: Rossiya, aksincha, hamon urushni davom ettirmoqda, Ukrainaga ulkan agressiya bilan hujum qilishda bardavom. Hech qachon unutmaslik kerakki, aynan Rossiya nafaqat urushni boshlagan, uni davom ettirmoqda va istalgan vaqtda tajovuzkorlikni yig‘ishtirib, urushga yakun yasashi ham mumkin», — deya o‘z fikrlarini muxtasar qilgan Germaniya kansleri.

Eslatib o‘tamiz, Olaf Shols Rossiya Federatsiyasini ikkinchi tinchlik sammitiga chaqirishni taklif qilib kelmoqda. Nemis siyosatchisi imkon qadar tezroq keng ko‘lamli urushga yakun yasashga intilmoqda.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha optimizmni Bundestagdagilarning hammasi ham qo‘llab-quvvatlamayapti. Nemis hukumati matbuot kotibi Shteffen Gebeshtraytning so‘zlariga ko‘ra, kansler Olaf Sholsning Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish zaruriyati to‘g‘risidagi bayonotlariga qaramasdan, xursand bo‘lish uchun sabablar juda kam.

Ko‘proq yangiliklar: