YeChL. «Liverpul» «Milan»ni mag‘lub etdi, «Real» o‘z uslubida g‘alabani ilib ketdi, «Bavariya»dan 9 gol, Keyndan poker

Sport 02:10 / 18.09.2024 3588

Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur gollarga boy boshlandi. 

«Liverpul» «Milan»dan tezkor gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, ishonchli g‘alabaga erishdi. 

Amaldagi chempion «Real» «Shtutgart»ga qarshi qiyin bahsda so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi. 

Myunxendagi gollar yomg‘irida «Bavariya» «Dinamo Zagreb»ni tor-mor etdi, Keyn poker (3 tasi penaltidan), Olise dubl qayd etdi. 

«Yuventus» o‘z uyida PSVni, «Sporting» «Lill»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi. 41 yildan so‘ng nufuzli yevrokubokka qaytgan «Aston Villa» safarda «Yang Boyz»ga javobsiz 3 ta gol urdi. 

YeChL. 1-tur. 17 sentabr

Milan — Liverpul 1:3
Gollar:
Pulishich (3) — Konate (23), van Deyk (41), Soboslai (67). 
Milan – Menyan (Torriyani, 51), Teo, Pavlovich, Tomori (Gabbiya, 84), Kalabriya (Emerson, 70), Loftus-Chik (Abraham, 70), Fofana, Reynders, Pulishich, Leau, Morata (Okafor, 84).
Liverpul – Alisson, Tsimikas, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), Mak Allister (Endo, 90+2), Gravenberh, Soboslai, Gakpo (Dias, 68), Saloh (Keza, 90+2), Jota (Nunes, 68).
Ogohlantirishlar: Kalabriya (22), Fofana (31), Mak Allister (53), Fonseka (60), Konate (80).

Real — Shtutgart 3:1
Gollar:
Mbappe (46), Ryudiger (83), Endrik (90+6) — Undav (68). 
Real – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 76), Ryudiger, Karvaxal, Vaskes (Militao, 46), Bellinghem (Endrik, 80), Chuameni (Modrich, 70), Valverde, Vinisius, Mbappe, Rodrigo (Gyuler, 75).
Shtutgart – Nyubel, Mittelshtadt, Shabo, Ruo (Zagadu, 88), Vagnoman (Cheyz, 63), Shtiller, Karazor, Fyurix (Rider, 63), Miyo (Demirovich, 75), Leveling, Undav (Ture, 76).
Ogohlantirishlar: Vaskes (23), Mittelshtadt (30), Valverde (78), Militao (80), Modrich (90+5). 

Bavariya — Dinamo Zagreb 9:2
Gollar:
Keyn (19 penalti, 57, 73 penalti, 78 penalti), Gerreyru (33), Olise (38, 61), Sane (85), Goretska (90+2) — Petkovich (49), Ogivara (50).
Bavariya – Noyyer (Ulrayx, 46), Devis, Kim Min Chje (Dayyer, 69), Upamekano, Gerreyru (Goretska, 81), Pavlovich, Kimmix, Olise (Sane, 68), Gnabri, Musiala (Myuller, 68), Keyn.
Dinamo Zagreb – Nevistich, Ogivara (Xoja, 73), Per-Gabriel (Shpikich, 73), Mmae, Teofil-Katrin, Ristovski, Baturina (Ademi, 78), Mishich, Rog (Stoykovich, 46), Pyatsa (Kulenovich, 61), Petkovich.
Ogohlantirish: Ristovski (77).

Yuventus — PSV 3:1
Gollar:
Yildiz (21), Makkenni (27), Gonsales (52) — Saybari (90+3). 
Yuventus – Di Gregorio, Kambiyazo, Bremer, Gatti (Danilo, 57), Kalulu, Kopmeyners, Lokatelli (Tyuram, 57), Makkenni (Duglas Luis, 75), Yildiz (Fajioli, 69), Vlahovich, Gonsales (Vea, 69).
PSV – Drommel, Dams (Mauro Junior, 76), Boskalli, Flamingo, Ledesma (Nagalo, 86), Verman (Saybari, 62), Shauten, Til (Lang, 62), Tillman, de Yong (Pepi, 77), Bakayoko.

Yang Boyz — Aston Villa 0:3
Gollar:
Tilemans (27), Remzi (38), Onana (86).
Yang Boyz – fon Ballmos, Hajam (Konte, 63), Bani-Zukru, Kamara, Atekame, Lauper, Nyasse (Elia, 46), Ugrinich, Kolli (Virjiniyus, 63), Almada Monteyru (Males, 83), Ganvula (Itten, 83).
Aston Villa – Martines, Din (Barkli, 88), Pau Torres, Konsa, Bogarde (Diyego Karlos, 46), Tilemans (Matsen, 87), Onana, Remzi (Buendia, 88), Makginn, Rojyers, Uotkins (Duran, 60).
Ogohlantirishlar: Nyasse (33), Lauper (46), Elia (53), Almada Monteyru (78), Duran (79).

Sporting — Lill 2:0
Gollar:
Dokeresh (38), Debas (65).
Sporting – Israel, Inasiu (Reys, 13), Diomande, Debast, Pedru Gonsalvesh, Trinkau, Morita (Daniel Bragansa, 46), Yulmand, Katamu, Kenda (Arauxo, 73), Dokeresh.
Lill – Shevale, Bakker (Gudmundsson, 82) Mene (Santush, 64), Alessandro, Mandi (Buaddi, 64), Diakite, Gomes, Andre, Jyegrova, Sahraui (Kabella, 71), Devid (Fernandes Pardo, 64).
Ogohlantirishlar: Gomes (21), Devid (40), Morita (45+1), Andre (56), Buaddi (72), Debas (86). 
Chetlatish: Gomes (40).

Ko‘proq yangiliklar: