O‘zbekistonda ombudsmanga yangi huquq beriladi

O‘zbekiston 07:25 / 18.09.2024 2350

Qonun loyihasi bilan ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi huquq — prezidentga, Oliy Majlis palatalariga, Vazirlar Mahkamasiga “maxsus ma’ruza” taqdim etish huquqi belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan “muqobil ma’ruza” tayyorlashi hamda tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar (yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lgan) bekor qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: