Moskvada ko‘chadagi so‘rovda qatnashgan shaxs 5 yilga qamaldi

Jahon 08:14 / 18.09.2024 4984

Sudya Natalya Nikishina boshchiligidagi sudyalar uchligi moskvalik Yuriy Koxovetsga Rossiya armiyasi haqidagi «feyk xabarlar» (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 2-qismi) moddasi bo‘yicha jazoni kuchaytirdi. Erkak besh yillik majburiy jamoat ishlari o‘rniga besh yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilindi. Bu haqda 17 sentabr, seshanba kuni «Mediazona» muxbiri Moskva shahar sudidan xabar berdi.

Yuriy Koxovetsning advokati Yelena Sheremeteva shaxs o‘z fikrini bildirgani uchun berilgan jazoni o‘ta og‘ir deb hisoblashi sababli kassatsiya shikoyati berishini aytdi.

Koxovets Rossiyaning NATO bilan munosabati haqidagi so‘rovda qatnashgani uchun sudlanmoqda

2022 yil iyul oyida mustaqil matbuot jurnalistlari Moskvada ko‘cha so‘rovi o‘tkazdi va unda odamlardan «Rossiya va NATO o‘rtasida vaziyatni yumshatish» zarurati bor-yo‘qligini so‘rashdi. O‘shanda Yuriy Koxovets Rossiya hukumati millatchilarga qarshi kurashmoqchi ekanini, biroq u «savdo markazlarini bombardimon qilayotgani» hamda Ukraina shaharlarida tinch aholini otib tashlayotganini aytdi. «Bularning barchasini to‘xtatish kerak - bir kishi buni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu ro‘y berishi bilan NATO va boshqa barcha davlatlar bilan munosabatlar normallashadi», dedi u.

2023 yil mart oyida Koxovetsga qarshi Rossiya armiyasi haqida «feyk ma’lumotlarni» tarqatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Keyinchalik, unga nisbatan ayblovlar kuchaytirildi, chunki tergov u «siyosiy nafratga asoslangan yolg‘on ma’lumot» tarqatgan deb hisobladi.

Ko‘proq yangiliklar: