Norvegiya Rossiya bilan chegarada radiatsiya darajasi ortib ketganini aniqladi

Jahon 19:37 / 17.09.2024 3247

Norvegiya radiatsiya va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha agentligi (DSA) Rossiya bilan chegara radiatsiya darajasi normal darajadan ortib ketganini qayd etdi, deb xabar beradi Barrens Obsever.

DSA’ning qayd etishicha, ikkita radiatsion kuzatuv stansiyasi — Vikshyofell va Svanxovddan olingan namunalarda seziy-137 izlari topilgan. U atom reaktorlari uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i turiga kiradigan va yadroviy qurolning asosini tashkil etadigan uran-237 parchalanishi oqibatida hosil bo‘ladigan radioaktiv izotopdir.

Namunalardagi seziy-137 miqdori kam bo‘lsa-da, normal darajadan oshib ketgan — bir metr kubga 5 mikrobekkerelga yaqin. Radioaktiv izotop 9-12 sentabr kunlari faqatgina Norvegiya-Rossiya chegarasi yaqinidan topilgan: boshqa radiatsion kuzatuv postlari — Norvegiya shimoli va Laplandiyada bunday holat qayd etilmagan. Shuningdek, Rossiya tomonidan olingan namunalarda ham seziy aniqlangani to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

DSA’dagilarning ta’kidlashicha, seziy-137 ning paydo bo‘lish manbasi noma’lum. Barens dengizida bir nechta atom muzyorari, shuningdek, atom suvosti kemalari faoliyat yurtimoqda — ular 16 sentabrdan «Okean-2024» o‘quvlarida ishtirok etishni boshlagan. Shu bilan birga, norvegiyalik ekspertlarning aytishicha, seziy-137 ishlab turgan reaktordan dengizga «oqib ketgan bo‘lishi» ehtimoli kam.

Ularning fikricha, bu Rossiya tomonidan «Burevestnik» yadroviy dvigatelga ega raketalarining yaratilishi yoki sinovdan o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uni uchirishga mo‘ljallangan poligon Yangi Yer arxipelagida joylashgan bo‘lib, SSSR 1990 yilga qadar u yerda yadroviy sinovlarni amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: