Moskva oblastida 2025 yildan boshlab migrantlar mehnati cheklanishi mumkin

Jahon 18:37 / 17.09.2024 13688

2025 yil 1 yanvardan boshlab Moskva oblasti ma’muriyati bir necha faoliyat sohalarida patent bo‘yicha chet el fuqarolarining mehnatiga cheklovlar joriy qiladi. Ularning o‘rnini rossiyaliklar yoki YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) mamlakatlari fuqarolari egallaydi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Rejaga ko‘ra, migrantlarga alkogol va tamaki savdosi, ko‘cha ovqatlari, ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ishlashga cheklovlar joriy etiladi. Bu bilan rasmiylar «ehtimoliy mojarolarni minimallashtirishni xohlaydi».

«3 yil davomida bizda xorijlik ishchi kuchi bilan bog‘liq savdo shikoyatlari sezilarli darajada oshdi. Hozir ularning Moskva oblastida spirtli ichimliklar, pivo va tamaki sotadigan chakana savdo do‘konlarida ishlashi uchun ma’lum chegara (15%) mavjud. Biz patent bilan ishlashni to‘liq taqiqlagan 22 mintaqaga qo‘shilishni xohlaymiz. Bundan tashqari, men statsionar bo‘lmagan savdo obektlarida, ijtimoiy sohalarda: sport, ish, dam olish, shuningdek, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va ta’lim sohasida, ko‘cha taomlari sohasida patent bo‘yicha migrantlarning ishini cheklashni taklif qilmoqchiman. Bu yerda tilni sifatli bilish muhim, chunki ular aholi bilan ishlaydi», dedi Moskva oblasti hukumati raisi o‘rinbosari Natalya Maslenkina.

Shuningdek, u ushbu taqiqlar joriy etilishi bilan almashtiriladigan patent egalari soni 5,6 ming kishini tashkil etishini ta’kidladi.

«Iqtisodiy jihatdan bu bizning vatandoshlarimiz, shuningdek, YeOII fuqarolari hisobidan to‘ldirilishi mumkin», dedi Maslenkina.

Shuningdek, migrantlar Rossiyada ishlash uchun maxsus patentga ega bo‘lishi kerakligi, uning yo‘qligi uchun javobgarlik ham ishchining o‘zi, ham u ishlayotgan tashkilot zimmasida ekanligi ma’lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: