Itlar surunkali og‘riqni boshdan kechirayotgan odamlarga yordam berishi mumkin. Gumboldt nomidagi Berlin universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga keldi.
Qayd etilishicha, hayvon mavjudligining o‘zi og‘riqni his qilish, shuningdek, inson xatti-harakatlariga ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqot muallifi Xaydi Mauersbergerning ta’kidlashicha, bu yangi terapiya usullarni ishlab chiqish istiqbollarini ochadi.
Olimlar ikkita tarjiba o‘tkazgan — unda ishtirokchilar qo‘llarini muzli suv idishga tiqqan. Bu vaqt ularning yonida iti yoki do‘stlaridan biri bo‘lgan, ayrimlari yolg‘iz turgan. Yonida hayvonning bo‘lishi intensiv og‘riqni bir necha barobar kamaytirgan va stress ham kam kuzatilgan. Ikkinchi tajribada ham shartlar shunday bo‘lgan, faqat bitta farq bor: itlar ishtirokchilarning o‘zlariniki bo‘lmagan. Yonida hayvon bo‘lgan inson og‘riqni his qilish effekti yana ijobiy natijani ko‘rsatgan.
Tajriba ishtirokchilari shunchaki emotsional qo‘llab-quvvatlovchi his qilmagan, balki rostdan ham og‘riqni u qadar qattiq sezmagan. «Psixologik yuklama kuchaygan va og‘riq oshgan vaqtda it bilan turish nafaqat emotsional qo‘llab-quvvatlovni beradi, balki jismoniy og‘riqni rostdan ham kamaytiradi», — deydi Mauersberger.
Surunkali og‘riqni boshdan kechiruvchi insonlar olimlar bilan o‘z tajribasini bo‘lishgan va tanasidagi noqulayliklar sabab ular faol hayot tarzi hamda ijtimoiy muloqotlarga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotishlarini bildirgan.