«Chegara bilmas shifokorlar» (MSF) xalqaro notijorat tashkiloti 32 yildan so‘ng Rossiyadagi faoliyatini majburiy to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda 16 sentabr, dushanba kuni uning saytida chop etilgan press-relizda aytiladi. Rossiya Federatsiyasini tark etishga Adliya vazirligidan NNTning Rossiyadagi filialini xorijiy nodavlat tashkilotlari reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘ldi.
«Mamlakatdagi dasturlarimizni yakunlaganimizdan juda qayg‘udamiz, chunki tibbiy va gumanitar yordamga muhtoj bo‘lgan ko‘plab odamlar endi biz ko‘rsata oladigan yordamsiz qoladi», - deyiladi MSF bayonotida. Shu bilan birga, tashkilot «iloji bo‘lsa, Rossiyada ishlashni davom ettirishni xohlashini» ta’kidladi.
2024 yil avgust oyi o‘rtalarida Rossiya Adliya vazirligi Rossiya Federatsiyasidagi xalqaro gumanitar tashkilotlarning litsenziyalarini bekor qildi. Xususan, «Chegara bilmas shifokorlar» va «Dunyo shifokorlari» tashkiloti cheklovga uchradi. Vazirlik rasmiy sabab sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining «faoliyati o‘z nizomiga mos kelmasligi»ni ko‘rsatgan. Tashkilotlarga Rossiyadagi vakolatxonalarini tugatish va hisoblarini yopish uchun bir oy muddat berildi.