Markaziy Osiyoda yoz allaqachon yakunlanib, ob-havo asta-sekin salqinlashayotgan bir vaqtda, Antaliya sizga yozgi dam olishni davom ettirish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi. Bu yerdagi baxmal mavsumda havo harorati iliq va qulay bo‘lib, dengiz yoqimliligini saqlab turadi va sayyohlar oqimi kamayadi, bu esa O‘rtayer dengizi sokinligi va hashamatidan bahramand bo‘lishga imkon beradi. Eng yoqimlisi – ushbu dam olishni maxsus takliflarimiz sababli qulay va foyda bilan o‘tkazishingiz mumkin.
Nima uchun baxmal mavsum Antaliyada dam olish uchun ideal vaqt?
Noyabr oxirigacha ideal ob-havo
Sentyabrdan noyabrgacha davom etadigan baxmal mavsum Antaliyaning mayin iqlimidan jaziramasiz bahramand bo‘lish uchun eng yaxshi imkoniyatdir. Sentyabr oktyabr oylarida kunduzgi o‘rtacha harorat +25 darajadan +30 darajagacha va noyabr oyida taxminan +20 daraja atrofida bo‘ladi, bu esa dam olishni yoqimli va qulay qiladi. Bu vaqtda dengiz ham iliq bo‘lib, suvning harorati hatto kuz o‘rtalarida ham +24 daraja atrofida bo‘ladi. Bu sayyohlar gavjumisiz cho‘milish, dengiz bo‘yida sayr qilish va tabiatdan bahramand bo‘lish uchun qulay vaqt hisoblanadi.
Tinch va bo‘shashtiruvchi dam olish
Yozgi mavsumdan so‘ng Antaliya ancha sokin bo‘lib qoladi. Plyajlar o‘zining tozaligi bilan zavqlantirishda davom etadi. Bu yolg‘iz qolish yoki yaqinlaringiz bilan tinch dam olish uchun ajoyib imkoniyat.
Kuzda Antaliyada nima qilish mumkin?
Tarixiy ekskursiyalar va tabiat
Antaliya nafaqat plyajlari bilan mashhur, balki boy tarixga ham ega. Kuzda siz Perge va Aspendos kabi qadimiy shaharlarni o‘rganishingiz, afsonaviy Pamukkale yoki Kappadokiyaga sayohat qilishingiz mumkin. Tabiat ixlosmandlari uchun esa ajoyib tog‘ manzaralari va o‘zining go‘zalligi bilan hayratga soluvchi Dyuden sharsharalari mavjud.
Gastronomik lazzat
Kuz oylari hosil yig‘ish vaqti bo‘lib, bu sizga yangi mevalar va sabzavotlarni tatib ko‘rish imkonini beradi, shuningdek, Antaliyaning eng yaxshi restoranlarida mahalliy taomlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Turkcha shirinliklar, dengiz mahsulotlari va xushbo‘y qahva sizga haqiqiy pazandalik bayramini yaratadi.
Sizning qulayligingiz uchun yuqori darajadagi mehmonhonalar
Biz sizga xalqaro sifat standartlariga mos keladigan Antaliyaning faqat eng yaxshi mehmonxonalarida dam olishni taklif qilamiz. All inclusive va Ultra all inclusive konsepsiyalariga ega mehmonxonalar sizga ideal dam olish uchun kerakli barcha narsalarni taqdim etadi: keng tanlovga ega shved stoli, basseyn yonida barlar, kechki shou-dasturlar va to‘liq dam olish uchun spa-markazlar. Siz yuqori darajadagi servisni olasiz va barcha tashvishlardan uzoqda hashamatli sharoitlarda dam olasiz.
Siz o‘z istaklaringiz va dam olish uslubingizga mos mehmonxonani tanlashingiz mumkin – oilaviy majmualardan boshlab juftliklar uchun bo‘lgan sokin va nufuzli kurortlargacha.
Uzbekistan Airways bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar
Biz sayohatingizning har bir bosqichida qulaylik haqida qayg‘uramiz. Aynan o‘zimizning mijozlar uchun Uzbekistan Airways bilan Antaliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni taklif qilamiz. Bu sizning sayohatingiz samolyotdan samolyotga o‘tish va kutuvlarsiz boshlanishini anglatadi.
Hamyonbop narxlar va 45% gacha chegirmalar
Kuzda nafaqat tabiat o‘zining go‘zalligi, balki turlarimiz narxlari bilan ham xursand qiladi. Faqatgina baxmal mavsumda siz Antaliyada eng yaxshi mehmonxonalarda yashash, transferlar va aviachiptalar bilan dam olishni 45% gacha chegirma bilan band qilib qo‘yishingiz mumkin.
Antaliyaga sayohatingizni hoziroq band qiling
Asialuxe Travel sayti va mobil ilovasida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sayohatni mustaqil tashkil qilishingiz mumkin. Turistik to‘plamlarni O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida xarid qilish mumkin.
Bizning takliflarimiz va turistik to‘plamlarimiz haqida batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali oling: (+998) 71 201-77-77, 1111.
Oxirgi yangiliklar va takliflardan xabardor bo‘lish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Reklama