Stokgolmda 2033 yilga borib uy-joy yetishmovchiligi kuzatiladi

Jahon 00:29 / 16.09.2024 3407

Shvetsiya poytaxti Stokgolm aholisi 2033 yilga borib 137 ming kishiga oshadi, shu bois shaharda uy-joy yetishmovchiligi keskin oshishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Stokgolmda uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda. Talabni qondirish uchun yiliga o‘rtacha 20 mingga yaqin yangi uy-joy qurish talab etiladi. «Shahar yaxshi uy-joylar bilan ta’minlanishi muhim, ammo bizga siyosatchilarning yordami kerak. Aks holda biz jiddiy oqibatlarga duch kelamiz», — deydi mintaqa kengashi a’zosi Gustav Xemming.

Uy-joy tanqisligi muammosi munitsipalitetlar qurilishga veto qo‘yish huquqiga ega ekani bilan bog‘liq. Xemmingning aytishicha, davlat bilan janubiy tramvay tarmog‘i, yangi metro stansiyalari va tor yo‘nalishli temiryo‘lni uzaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani natijasida 170 mingta uy quriladi.

«Shahar aholisining 2033 yilga kelib 137 ming nafarga ko‘payishi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun yetarli emas. Bu hukumat uchun juda muhim tashvish signalidir. Mehnat migratsiyasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi», — deydi Xemming.

Skone va Vestra-Gyotaland mintaqalarida esa aholi o‘sishining sekinlashishi kuzatilmoqda — bu migratsiya va tug‘ilishning pasayishi bilan bog‘liq. 

Avvalroq Shvetsiya hukumati migrantlarning o‘z vataniga qaytib ketishini rag‘batlantirish bo‘yicha moliyaviy qo‘llab-quvvatlovni 35 barobarga oshirishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Hukumat budjeti loyihasida 2025 yilda migratsiya siyosati uchun 513 million krona (49,53 million dollar), 2026 yilda 2 milliard 599 million krona (247,55 million dollar), 2027 yilda esa 1 milliard 357 million krona (131,27 million dollar) ajratish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: