Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jahon 22:06 / 16.09.2024 8522

Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida maxsus xizmatlar O‘zbekistonga otlarni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan kontrabandachilarni qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib 24.kg xabar berdi.

Qayd qilinishicha, O‘sh viloyati O‘zgan tumanidagi Ko‘k-Tosh uchastkasida maxsus xizmat xodimlari 24 bosh otni O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan mahalliy fuqaroni qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, u Habibulla ismli o‘zbekistonlik shaxsning iltimosiga ko‘ra mahalliy chorva bozoridan ot sotib olib, 80 ming qirg‘iz so‘mi evaziga chegaradan haydab o‘tmoqchi bo‘lgan.

Bundan tashqari, xuddi shunday hodisa Axsi tumanining Qorado‘bo qishlog‘ida ham sodir bo‘lgan. U yerda 25 yoshli mahalliy fuqaro o‘n bosh otni O‘zbekistonga haydab ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Hayvonlar davlat foydasiga olib qo‘yilib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Davlat xizmati balansiga o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, ulardan davlat chegarasini himoya qilish uchun foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: