Oltin va neft qimmatladi - xalqaro moliya bozori sharhi

Iqtisodiyot 15:33 / 16.09.2024 2407

Moliya bozorlari navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. Sentyabr oyining navbatdagi haftasida AQSh iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan inflatsiya ma’lumotlari taqdim etildi.

Chorshanba kuni e’lon qilingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bazaviy iste’mol narxlari indeksi (oziq-ovqat va energiya narxlarini inobatga oluvchi) avvalgi oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan va 3,2 foizni tashkil etgan. Umumiy iste’mol narxlari indeksi esa (oziq-ovqat va energiya narxlarini istisno qiluvchi) avgust oyida 0,4 foizga pasayib, 2,5 foizni tashkil etgan. Payshanba kuni e’lon qilingan AQSh ishlab chiqaruvchisi narxlari indeksi (PPI) ham biroz salbiy dinamikani aks ettirdi, sababi avgust oyida PPI ko‘rsatkichi prognozga nisbatan 0,2 foiz ko‘tarilgan. Ushbu ma’lumotlardan xulosa qilsa bo‘ladiki, inflatsiya keskin pasayib kelishiga qaramay, narx bosimi hali ham mavjud.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 9 sentabrdan 13 sentabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.

AQShning asosiy fond bozorlari indeksi:

  •  S&P500 – 5626,02 (hafta boshidan +4,02 foiz; yil boshidan +17,95 foiz)
  • Nasdaq Composite – 17683,98 (hafta boshidan +5,95 foiz; yil boshidan +17,80 foiz)
  • Dow Jones – 41393.79 (hafta boshidan +2.60 foiz; yil boshidan +9.83 foiz)

AQSh fond indekslari, kuz mavsumining dastlabki haftasida korreksiya amalga oshirganidan so‘ng joriy hafta deyarli barcha yo‘qotishlarni tikladi. Dow Jones, Nasdaq Composite va S&P 500 indekslari kuchli o‘sish sur’atini taqdim etgan holda mos ravishda 1048 punkt, 993 punkt va 218 punktlarga ko‘tarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – bir unsiyasi 2577,57 dollar (hafta boshidan +3,22 foiz; yil boshidan +24,96 foiz);
  •  Kumush – unsiyasi 30,71 dollar (hafta boshidan +9,95 foiz/yil boshidan +29,13 foiz);
  • Alyuminiy – tonnasi 2473,75 dollar (hafta boshidan +5,79 foiz; yil boshidan +3,56 foiz);
  • Mis – 4,18 dollar (hafta boshidan +3,92 foiz; yil boshidan +8,53 foiz)

Qimmatbaho metallar korreksiyalar seriyasidan so‘ng, o‘suvchan trendga qaytdi. Oltin, kumush, alyuminiy, mis hafta davomida mos ravishda 80,48, 2,78, 135,45 va 0,16 dollarga qimmatlashdi.

Neft:

  • WTI – barreli 69,20 dollar (hafta boshidan +1,65 foiz; yil boshidan -2,93 foiz)
  •  Brent – barreli 72,09 dollar (hafta boshidan +0,87 foiz; yil boshidan -6,43 foiz)

Neft ham bozordagi optimizm fonida biroz ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Neftning WTI markasi oldingi haftaga nisbatan 1,12 dollar, Brent esa 0,62 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar:

  • USD/EUR – 1,11 (hafta boshidan -0,08 foiz; yil boshidan +0,33 foiz)
  • CNY/USD – 7,09 (hafta boshidan +0,08 foiz; yil boshidan -0,07 foiz)
  • TRY/USD – 33,96 (hafta boshidan +0,04 foiz; yil boshidan +15,24 foiz)
  • UZS/USD – 12744,75 (hafta boshidan +0,39 foiz, yil boshidan +3,62 foiz);
  •  RUB/USD – 89,98 (hafta boshidan -0,40 foiz; yil boshidan +0,71 foiz)

Dollar indeksi tebranishi fonida, raqib valutalar turli natijalarni qayd etdi. Hafta savdolarida yevro, yuan, lira va so‘m mos ravishda 0,08 foiz, 0,08 foiz, 0,04 foiz va 0,39 foiz pasaydi, ammo rubl 0,40 foizga ko‘tarildi.

Kripto:

  • Bitcoin – 60479,92 dollar (hafta boshidan +9,96 foiz; yil boshidan +42,61foiz)
  • Ethereum – 2442,53 dollar (hafta boshidan +6,28foiz; yil boshidan +7,02foiz)

Asosiy kriptolar, AQSh asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar fonida, kelasi hafta kutilayotgan foiz stavkasi pasaytirilishi kutilayotgan fonida o‘sdi. Bitcoin va Ethereum hafta mobaynida mos ravishda 9,96 foiz va 6,28 foizga ko‘tarildi.

Bozorlar haqida

AQSh fond bozori sentabr oyining dastlabki haftasida mehnat statistikasi tufayli 2023 yil mart oyidan beri eng yirik qulashni qayd etganidan so‘ng, joriy hafta bozorlardagi ijobiy kayfiyat fonida yo‘qotilgan pozitsiyalarni deyarli tikladi.

Shu kungacha avgust oyining asosiy iqtisodiy ma’lumotlari e’lon qilinib bo‘lgach, endi barchaning diqqati kelasi hafta bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Federal zaxira tizimining yig‘ilish dasturi va foiz stavkasiga qaratilgan bo‘ladi. Avgust oyining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qisqa tahlil qiladigan bo‘lsak, sentabr oyidagi yig‘ilishda barcha FZTdan kutayotgan keskin, ya’ni sentabr oyida foiz stavkasini 0,50 foizga pasaytirish o‘rniga asta-sekin olib borishi aktualroq bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sabablari shundaki, uzoq olib borilgan qattiq monetar siyosatga qaramay, turli omillar tufayli AQSh iqtisodiyotida narx bosimi qaysidir darajada hali ham mavjud va keskin qarorlar qilingan barcha ishni chippakka chiqarishi mumkin.

Ikkinchi sababi esa, mehnat bozorida kuchayib borayotgan zaiflik FZT amaldorlarining yumshatish siyosatiga tezroq o‘tishga majbur qildi va ehtimol sentabr oyidagi birinchi pasayishga eng asosiy turtki bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham, kelasi hafta moliya bozorlarida haddan tashqari yuqori tebranuvchanlik vujudga kelishi haqiqatdan yiroq emas. Shu tufayli, keraksiz yo‘qotishlarni bartaraf etish uchun xavfsizlik choralarini ko‘rib qo‘yish tavsiya etiladi.

Eslatma. Berilgan ma’lumotlar ochiq manbalardan olingan bo‘lib, investitsion maslahat hisoblanmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: