Daniyada noyob tangalar kolleksiyasi 15 mln yevroga sotildi

Jahon 22:59 / 15.09.2024 3162

Daniyalik sariyog‘ magnati Lars Emil Brunning 100 yil davomida saqlab kelingan tangalarining ayrimlari kimoshdi savdolari orqali sotildi.

Stack’s Bowers kimoshdi uyi tomonidan tashkil etilgan savdolar 14 sentabr kuni Kopengagenda o‘tkazilib, jami 14,8 million yevrolik tanga namunalari sotilgan. Auksionga 20 mingta tangadan iborat kolleksiyadan 286 ta buyum, jumladan, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya vikinglarining noyob tanga hamda medallari sotuvga qo‘yilgan.

Brun o‘z to‘plamini yig‘ishni bolaligidan, 1859 yilda amakisi vafot etib, uni merosxo‘rlardan biri sifatida tayinlaganidan keyin boshlagan. Yigitcha qarzga saryog‘ sotish bo‘yicha biznesini boshlaydi va oxir-oqibat katta boylik to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Boyligi tufayli u tangalar to‘plamiga qiziqib qoladi va 1885 yilda Daniya numizmatlar jamiyati asoschilaridan biriga aylanadi.

«Kolleksiya ko‘plab jihatlari bilan noyob. Masalan, unga 100 yil davomida hech kim teginmadi», — deydi professional numizmat Maykl Fornits.

Daniyalik sariyog‘ magnati Lars Emil Brun 1923 yilda vafot etganida o‘z vasiyatnomasida qiziq bir bandni qoldirgandi: uning umri davomida yig‘gan tangalar, banknota va medallar to‘plami yo‘qolib ketish xavfi bo‘lsa, Daniya milliy kolleksiyasida saqlanishi, agar barchasi yaxshi bo‘lsa, oradan 100 yil o‘tgach, uning xazinasi avlodlari foydasiga sotilishi kerak edi. Belgilangan 100 yillik muddat yakunlanganiga keyingi oy bir yil to‘lishi munosabati bilan Brunning shaxsiy to‘plami auksionga chiqarildi.

Ko‘proq yangiliklar: