Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
Mamlakat rasmiylarining qayd etishicha, bunday yechim tezda o‘sib borayotgan fillar populyatsiyasini nazorat qilishga yordam beradi, shuningdek, ekstremal qurg‘oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishni yengillashtiradi.

Foto: Unsplash
Zimbabve Atrof-muhit muhofazasi vazirligi hozirda mamlakatda «keragidan ortiq fillar yashayotganini» ma’lum qildi. Shu boisdan ZimParks yovvoyi tabiat bog‘i ma’muriyati o‘ldirilishi kerak bo‘lgan hayvonlarni tanlash bo‘yicha ko‘rsatma oldi, deb yozadi Bild.
Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bunday yechim tezda o‘sib borayotgan fillar populyatsiyasini nazorat qilishga yordam beradi, shuningdek, ekstremal qurg‘oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishni yengillashtiradi.
ZimParks qo‘riqxonasi rahbari Fulton Mangvanyaning AFP agentligiga ma’lum qilishicha, hukumat umumiy hisobda 200 ta fildan qutulish niyatida. Zimbabve Botsvanadan keyin ushbu jonzotlar eng ko‘p yashaydigan mamlakat hisoblanadi — u yerda 100 mingga yaqin fil mavjud. Zimbabveda oxirgi marta fillarni otishga 1988 yilda ruxsat berilgan edi.
Avvalroq Namibiya 700 dan ortiq yovvoyi hayvonlarni, jumladan, fillar, zebralar va begemotlarni o‘ldirishini hamda ularning go‘shtini oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekayotgan odamlarga tarqatishni ma’lum qilgandi. Ushbu choralar suv resurslarini iste’mol qilishni yengillashtirish va qurg‘oqchilik tufayli och qolgan minglab odamlarni go‘sht bilan ta’minlashga qaratilgan. Hukumatning bu boradagi topshirig‘i hayvonlar huquqlari faollari tomonidan qattiq tanqid qilinmoqda.
Zimbabve va Namibiya qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat e’lon qilgan janubiy Afrika davlatlari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
-
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Jahon | 10:23
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
Mavzuga oid

15:55 / 26.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov

22:08 / 20.02.2025
Shri-Lankada fillarni urib yuborgan poyezd relsdan chiqib ketdi

22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi

21:09 / 01.01.2025