Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekiston 14:33 / 14.09.2024 1543

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Urugvayning yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Daniel Kastillos Gomesni qabul qildi.

"Urugvayning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Daniel Kastillos Gomes janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Tashqi ishlar vazirliklari, parlamentlar va boshqa idoralar o‘rtasida faolroq muloqotni rivojlantirishga ehtiyoj mavjud. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarini yanada jadallashtirish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va barchamiz bundan manfaatdormiz. O‘zbekistonga xush kelibsiz, janob elchi!".

Urugvayning yangi tayinlangan elchisi 58 yoshda. U diplomatiya sohasida 35 yildan ortiq tajribaga ega. Daniel Kastillos Gomes 2021 yildan buyon Rossiyadagi elchi vazifasida ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: