Saida Mirziyoyeva: «Oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman»

O‘zbekiston 11:53 / 14.09.2024 2443

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST bosh kotibi Ngozi Okonjo-Iveala, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan, BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi bosh kotibi Rebeka Grinspan, JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus, Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Beate Andreyes bilan bir davrada muloqot o‘tkazdi

Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar birgalikda muhokama qilindi.

“Men oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman. Biz barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishga intilib, xotin-qizlar huquqlarini yanada kengaytiryapmiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berilishi, ta’lim va ijtimoiy sohadagi islohotlar — O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishga bel bog‘lagan.

Prezident yordamchisi islohotlar va JSTga a’zolik yo‘lida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: