O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston 07:58 / 14.09.2024 5879

10−14 sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy-havo kuchlari harbiy xizmatchilari va havo hujumidan mudofaa mutaxassislari ishtirokida «Ashiq aspan» («Ochiq osmon») xalqaro tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlar do‘st davlatlarning harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv organlarining hamjihatligini oshirish, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari va vositalaridan birgalikda foydalanish masalalarini ishlab chiqish, harbiy xizmatchilarning alohida jangovar vazifalarni bajarishda harbiy qismlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Mashg‘ulotlarda vertolyotlar, armiya va harbiy transport samolyotlari, shuningdek, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining kuch va vositalari ishtirok etmoqda. 

Mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihati davlat chegarasi yoki havo hududidan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda havo hujumidan mudofaa kuchlari jangovar ekipajlarining qo‘shni davlatlar (Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) qo‘mondonlik punktlari va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: