Isroil Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston 11:06 / 14.09.2024 12328

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Isroil Mirjamolovich Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Tayinlovga qadar Isroil Adhamov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida ishlagan.

I.Adhamov prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, shu yilning 11 sentabr kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari bundan buyon hukumatdan tortib tuman tashkilotigacha barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allik sharoitidan olib chiqish bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tgandi.

Bosh prokurorning sohaga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari har hafta kamida bitta tumanga borib, kambag‘al oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini o‘rganishi, kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilishi belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: