Yevropa davlatlari dam olish kunlari kuzatiladigan toshqinlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Jahon 23:02 / 13.09.2024 2559

Markaziy Yevropa davlatlarining bir qismi joriy dam olish kunlari yuz berishi kutilayotgan suv toshqinlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.

Mahalliy meteostansiyalar tomonidan 13 sentabr kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Chexiyada yuz beradigan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Polsha, Germaniya, Avstriya va Slovakiyada tabiiy ofatlar kuzatilishi mumkin. Xususan, 72 soat ichida Polsha-Chexiya chegarasining tog‘li hududlariga 400 millimetrgacha yomg‘ir yog‘adi.

Polsha rasmiylari mamlakatning janubiy hududlarida noqulay ob-havo kuzatilishining eng yuqori darajasini allaqachon e’lon qilgan. Vrotslav shahri meri holat bo‘yicha favqulodda qo‘mitani chaqirdi. 1997 yilda Oder daryosi qirg‘og‘idan toshib, Vrotslav hududining uchdan bir qismini suv ostida qoldirgan edi. «Jumadan yakshanba kunigacha suv toshqinlarining real xavfi mavjud», — deyiladi mamlakat meteorologiya xizmati xabarida.

Chexiyada sinoptiklar sharqiy Moraviya viloyatida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, shamol tezligi soatiga 100 kilometrgacha yetishidan ogohlantirdi. U yerda joylashgan shaharlar toshqinga qarshi to‘siqlarini o‘rnatib, yuzaga keladigan ofatga qarshi qum solingan qoplarni tayyorlab qo‘ymoqda.

Chexiya atrof-muhit vaziri Pyotr Xladik yuzaga kelayotgan vaziyatni mamlakatda suv toshqinlari inson huquqlari buzilishiga va milliardlab yevro zararga olib kelgan 1997-2002 yillardagi holatga qiyosladi. 2002 yildagi kabi Chexiyada kuzatilgan noqulab ob-havo Germaniyaning chegara hududlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, Chexiya bilan chegaradosh Avstriya va Slovakiyada dam olish kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar bekor qilingan, harbiy xizmatchilarni favqulodda xizmatlar xodimlariga yordam berishga yo‘naltirish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: