O‘tgan 3 oy davomida yana 94 ta shahar aholisida Uzum Market buyurtma topshirish punktlari, shuningdek, UzPost pochta bo‘limlarida milliy marketpleysdan buyurtma olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, yangi shaharlarning 48 foizida aholi soni 30 mingdan kam, 17 foizida esa — 10 minggacha. Yoz davomida eng ko‘p topshirish punktlari Farg‘ona vodiysida ochildi — u yerda yangi nuqtalar umumiy sonining taxminan 30 foizini tashkil qiladi.
— Biz uchun butun mamlakat bo‘ylab odamlarda kungaboqar moyidan tortib konditsioner va muzlatkichlargacha bo‘lgan har qanday tovarlarni tez yetkazib berish va unumli narxlarda sotib olish imkoniyati bo‘lishi muhim, — deydi Uzum Market buyurtma topshirish punktlarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha direktori Georgiy Nizomutdinov. — Logistika infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, tovarlar tanlovi cheklangan kichik aholi punktlarida, odamlarning hayot sifatini oshirishga va, albatta, yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi.
Yil yakuniga qadar marketpleys topshirish punktlari tarmog‘ini 1000 tagacha ko‘paytirib, 10 mingdan ortiq aholi yashaydigan barcha shahar va qishloqlarni qamrab olishni rejalashtirgan. Umuman olganda, milliy marketpleys geografiyasi 180 ta aholi punktida 678 ta topshirish punktini o‘z ichiga oladi.
Reklama huquqi asosida