Toshkentda “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi

O‘zbekiston 15:59 / 13.09.2024 15415

12 sentabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida kotlovan sabab yo‘lning bir qismi qulab tushdi. Holat tumanning Novza ko‘chasidagi yangi qurilishi reja qilingan Novza Rezidence ko‘p qavatli turar joy majmuasi hududida ro‘y bergan. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

Kotlovan qazish ishlari ortidan binoning bir tomonidan Yetti terak ko‘chasiga olib kiradigan yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi. Yo‘lning qulashi kameraga tushib qolgan. 

Kun.uz’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish ishlari “Runa International Trading INC” MJCh shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan olib borilmoqda.

Holatga rasmiylar e’tibor qaratishlari lozim. Chunki bu yo‘lning qolgan qismi ham qulab tushishi mumkin. Bu yo‘ldan esa har kuni minglab odamlar harakatlanadi. Yaqin orada Novza metrosi bekati va Davlat xizmatlari markazi, qator xususiy o‘quv markazlari, universitet joylashgan. 

Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: