O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Jahon savdoga tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan amaliy qadamlar muhokama qilindi.
Milliy qonunchilikni JST normalari va qoidalari bilan uyg‘unlashtirish borasida O‘zbekiston erishgan natijalar hamda boshqa ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi.