Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi 26-qavatdan qulab, halok bo‘ldi

Jahon 22:05 / 13.09.2024 6685

Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi.

Hodisa Molodogvardeytsev va Panfilovsev ko‘chalari chorrahasidagi obektda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 49 yoshli ishchi 26-qavatda bo‘lganida fasad ko‘targichi («beshik») trosi uzilib ketgan, oqibatda u pastga qulagan. Jabrlanuvchini qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

E1 nashrining yozishicha, halok bo‘lgan erkak – 1975 yilda tug‘ilgan Shokirbek Xusamov. Uning yonida sherigi ham bo‘lgan, biroq u tros uzilgan paytda «beshik» chekkasiga osilishga ulgurgan va 25-qavatdagi derazadan bino ichiga kirib olgan.

Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda. Jarayon prokuratura nazorati ostidaligi ta’kidlanmoqda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari qurilish maydonchasida xavfsizlik qoidalari buzilganini istisno qilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: