Estoniya Rail Baltic loyihasini moliyalashtirishga 200 mln yevro yo‘naltiradi

Jahon 23:58 / 13.09.2024 2458

Estoniya rahbariyati issiqxona gazlari chiqarilishi bo‘yicha kvotalarini sotishdan tushgan daromaddan 200 million yevroni Rail Baltic xalqaro temiryo‘l magistralini moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Bu haqda ERR milliy teleradio portali xabar berdi.

«200 million yevro Rail Baltic’ni, 75 million yevro esa Soodevaheda depo qurishga yo‘natiriladi», — deya mamlakat infratuzilmalar vaziri Vladimir Svetning so‘zlarini keltiradi nashr. Uning ayishicha, bu Tallinga loyiha bilan bog‘liq tenderlarda o‘z ulushini moliyalashtirish imkonini beradi va Estoniyadagi Rail Baltic qismining 2030 yilgacha qurib bitkazilishi ehtimolini oshiradi.

Shu bilan birga Svetning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘lardan tashqari 2030 yilda Estoniya temiryo‘l loyihasiga yana 400-500 million yevro sarmoya kiritishi kerak. Bunday ko‘lamdagi moliyalashtirish keyingi o‘n yillikda Tallindan Pryanuga poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. 

Rail Baltic loyihasi Tallin, Riga, Kaunas o‘rtasida Yevropa standartlariga javob beradigan temiryo‘l magistralini qurishni nazarda tutadi. Bu boradagi ishlar qiymati 7 milliard yevroga baholangan. Avvaliga loyihani 2028 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Yevrokomissiya umumiy xarajatning 85 foizgacha bo‘lgan qismini moliyalashtirishga tayyor ekanini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: