Mazkur mablag‘lar Baoning qayerda ekani atrofidagi mish-mishlarni yanada urchitmoqda. U 2005 yilda Pekinda China Renaissance investitsiya bankiga asos solib, Xitoy texnologik kompaniyalari uchun yetakchi vositachiga aylantirgan.
U 2015 yilda mamlakatdagi eng yirik Meituan va Dianping ovqat yetkazib berish xizmatlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlagan. Bugungi kunda birlashgan kompaniyaning «superilova» platformasi butun Xitoy bo‘ylab tarqalgan.
Baoning kutilmaganda g‘oyib bo‘lishi Xitoy moliyaviy va texnologik xizmatlar sektorida shok holatni yuzaga keltirib, iqtisodiy qulash sharoitida ishonchsizlikni yanada kuchaytirgan edi.
2023 yil fevralda China Renaissance korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli repressiya fonida bosh direktor Bao Fan yo‘qolganini ma’lum qilgandi. Oradan bir yarim yil o‘tgan bo‘lsa-da, Baoga qarshi biror ayblov ilgari surilmagan.
O‘tgan yozda Economic Observer davlat nashri Bao g‘oyib bo‘lganidan beri mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh organi — Tartib-intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiyaning qamoqxonasida saqlanayotgani to‘g‘risida xabar bergan. U korporativ korrupsiya bo‘yicha tergovga jalb qilingani aytilgan.
Joriy yilning fevral oyida Boa rasman investitsiya banki raisi va bosh direktorligidan ketdi. Uning lavozimni tark etishiga «sog‘lig‘idagi muammolar va oilaviy ishlarga ko‘proq vaqt ajratishni maqsad qilgani» sabab qilib ko‘rsatilgan.
O‘tgan hafta alohida hisobraqamda saqanayotgan 11 million dollarga oid hisobotni e’lon qilgan China Renaissance «jamoa Bao hamkorlik qilayotgan tergov bo‘yicha hech qanday ma’lumotga ega emasligini» bildirdi.
China Renaissance e’lon qilgan hisobotda ushbu mablag‘lar «boshqa debitor qarzdorliklar» bo‘limiga joylashtirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu odatda kompaniyaning tovarlarni yetkazib berish yoki mijozlarga xizmatlar ko‘rsatishdan keyin qarzdor bo‘lgan har qanday to‘lanmagan pul mablag‘larini bildiradi.
Unda aytilishicha, Xitoy hukumati mablag‘larni «tergov qilinayotgan ishga bog‘liq» to‘lov sifatida ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lsa-da, bu sud jarayonlari yoki jarimaga sabab bo‘lmaydi. Bank yuristlarining ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘lar «qaytarilishi yoki musodara qilinishi» mumkin.
Sirli to‘lov tufayli bank auditori Zhonghui Anda CPA 2023 yil natijalari bo‘yicha «malaka xulosasini» berishi va unda mablag‘lar nima sababdan qayd etilmay qolganini ko‘rsatishi kerak.