Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 8-9-sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etildi
«Robotexnika» maktab moduli uchun UUA qo‘llanmasi dronlarni, shu jumladan harbiy dronlarni yig‘ish va ular bilan ishlashga bag‘ishlangan.

Foto: Vladimir Vasilev / «Tatar-inform»
«Prosveshcheniye» nashriyoti va dron ishlab chiqaruvchi «Geoskan» kompaniyasi «Mehnat (texnologiya)» fanidan «Robotexnika» maktab moduli uchun dronlar bo‘yicha birinchi darslikni chiqardi. Bu haqda 11 sentabr, chorshanba kuni TASS davlat axborot agentligi «Prosveshcheniye» matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Darslik 8-9-sinf o‘quvchilari uchun chiqarilgan. Material jami 34 soatga mo‘ljallangan. Qo‘llanma olti bobni o‘z ichiga oladi: uchuvchisiz aviatsiyaga umumiy kirish, dronlarning tasnifi va dizayni, uchuvchisiz uchoqlarning elektron komponentlari, qo‘lda uchirish asoslari, avtonom parvozlarni dasturlash, uchuvchisiz uchoqlar dunyosidagi tendensiyalar va kasblar.
Rossiya maktablarida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, UUA texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish faol joriy qilinmoqda. Bunday alohida modulning maktab o‘quv dasturiga kiritilgani 2024 yil fevralida ma’lum bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi ta’lim vazirining o‘rinbosari Tatyana Vasileva aytganidek, gap «harbiy xizmatga tayyorgarlik va vatanni himoya qilish» ko‘nikmalari haqida ketyapti. Shuningdek, fuqarolik hududlarida qo‘llanadigan UUA texnologiyalari ham o‘rganiladi, deya qo‘shimcha qildi Vasileva.
Jangovar UUA asoslari maktab o‘quv dasturiga kiritilyapti
O‘tgan yilning avgust oyida maktablarning 10-11-sinflar uchun boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturiga dronlardan foydalanish asoslarini o‘rgatish kiritilgan edi. «Texnik tayyorgarlik va aloqa asoslari» moduli doirasida maktab o‘quvchilariga dronlardan jangovar foydalanish usullari va ular yordamida yer relefini o‘rganish o‘rgatiladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar «dushman uchuvchisiz uchoqlariga qarshi kurashish algoritmi»ni bilishi va «UUAni boshqarish bo‘yicha amaliy harakatlarni bajarishi» shart», — deyiladi Ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

08:58 / 10.07.2025
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

13:19 / 08.07.2025
Xarkivda bir sutka ichida dronlar hujumidan 82 kishi jabrlandi

12:50 / 07.07.2025