Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

O‘zbekiston 10:54 / 10.09.2024 1306

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi. 

Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig‘ida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.

Ko‘proq yangiliklar: