Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini 363 marta buzgan Spark xatlovga olindi
Jarima summasi 240 mln so‘mdan oshib ketgani aytilmoqda.

Foto: MIB
Toshkent shahrida yashovchi shaxs yo‘l harakati qoidalarini 363 marta buzib, 240,8 mln so‘m qarz bo‘lgani uchun unga tegishli Spark xatlovga olingan. Bu haqda MIB Toshkent shahar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan, qarzdor A.K.ga nisbatan 363 ijro hujjati bo‘yicha 240 mln 872 ming so‘m jarimalarni undirish belgilangan.
Qarzdor katta miqdordagi jarimalar borligini bilsa ham jarimalarni to‘lashdan bosh tortib yurgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida bo‘lgan Spark mashinasiga qidiruv e’lon qilingan.
Shundan so‘ng, ijro harakatlari davomida, Spark qarzdor tomonidan Sergeli tumanidagi bozorga sotish uchun olib chiqilgani aniqlanib, mashina xolislar ishtirokida xatlangan.
Hozirda, Spark'ni 363 ta jarimadan bo‘lgan 240,8 mln so‘mlik qarzdorlikni qoplash uchun auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi

16:00 / 24.01.2025
Avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilinmoqda

18:02 / 19.12.2024
Qatarda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan haydovchining avtomobili yo‘q qilindi

08:00 / 05.12.2024