Samarqandda bog‘cha tarbiyachisi va hamshirasi bolalar ko‘z o‘ngida bir-biri bilan mushtlashdi

Jamiyat 12:54 / 10.09.2024 6807

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan davlat bog‘chasida ikki nafar tarbiyachi bolalar ko‘z o‘ngida bir-biri bilan janjallashib, mushtlashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarda tarbiyachilar janjallashayotgani, bolalar yig‘lab turgani va tarbiyachilardan biri yerda yotgani, shuningdek qonagan qo‘l tasvirlangan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, hodisa Qo‘shrabot tumanidagi 31-sonli davlatga qarashli bog‘chada sodir bo‘lgan.

Bog‘cha hamshirasi va tarbiyachisi o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.

Ayni paytda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Ko‘proq yangiliklar: